COOLRAY
Ko'rib chiqish
COOLRAY
Jasoratli tabiat, sportga xos xarakterCoolray - iste'dodli dizaynerlarning xalqaro jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan dinamik dizaynga egalik qiladi. Ular kuch-quvvat va navqironlikni uyg'unlashtiruvchi atletik go'zallikni konsepsiyada jonlantira olishgan. Kuzovning har bir chizig'i ushbu krossoverning jasur xarakteriga aniq va tezkor ravishda urg'u beradi. Coolray o'z imkoniyatlarini namoyon qilgan holda, oldinga siljish arafasida turgandek, barcha chegaralarni buzishga tayyorlanayotgandek ko'zga tashlanadi.
Sport dizayn va qora aksentlar uyg’unligi
Yengil qotishmadan tayyorlangan ikki xil rangli 18 ' o'lchamdagi g'ildirak diskalar va qizil tormoz kaliperlari.
Beshinchi eshik spoyleri. Spoyler dizayni orqa oynaning ifloslanishini minimallashtiradigan tarzda hisoblab chiqilgan.
Old yotug'lik dioti optikasi.
Radiator panjarasidagi yangi elementlar va yangi Geely logotipi.
Orqa yotug'lik dioti optikasi.
Sport uslubidagi premium salon
Coolray premium salonida siz kenglik va sukunatdan bahramand bo'lishingiz mumkin. Salonning yuqori sifatli va ekologik toza materiallari ham tashqi ham
ichki shovqinni samarali ravishda kamaytiradi. Coolray salonida siz haqiqiy qulaylik va yengillik tuyg'usini topasiz. Bu yerda siz shahar shovqinidan xalos bo'lib, ozodlikni his qilishingiz mumkin.
GEELY COOLRAY texnologiyalari
Dvigatel
Coolray yangi 1,5 litrli Turbo dvigatel bilan jihozlangan bo'lib, u 100 km/soat tezlikka atigi 7,9 soniyada erishadi.
Yo'llardagi sinovlariga tayyor
Coolray -40°C dan +40°C gacha bo'lgan harorat o'zgarishiga bardosh berib, Norvegiyaning sovuq kengligidan Avstraliyaning jazirama quyoshigacha bo'lgan eng ekstremal sharoitlarda sinovdan o'tkazildi. Avtomobil kuzovi korroziyaga qarshi yaxshilangan xususiyatlarga ega va yuqori sifatli payvandlash va ishonchli konstruksiya uning ishonchliligi va chidamliligini kafolatlaydi. Coolray har qanday yo'lda sizning ishonchli hamkoringiz bo'lishga tayyor.
COOLRAY ning qulayligi
GEELY COOLRAY - qulaylikning yangi bosqichiCOOLRAY xavfsizligi
Komplektatsiya va narxlar
GEELY dagi tejamkorlik
Dvigatellar va transmissiyalarni ishlab chiqishda qo'llaniladigan eng yangi innovatsion texnologiyalar yoqilg'i samaradorligining ajoyib ko'rsatkichiga erishishga sabab bo'ldi – 100 kilometrga atigi 6,4 litr.